Qozon ta'minot suvini tozalash tizimi

Sanoat bug’ qozon ta’minot suvini tayyorlash talablari bo’yicha sifatli bug’ ishlab chiqarishda suv bug’ining tozaligi, cho’kma hosil bo’lishi va korroziya xosil bo’lishi va boshqa zararli omillar oldini olish talab etiladi. Bu esa bug’ qozon ta’minot suviga to’g’iri kimyoviy ishlov berishga bog’liq. Bug’ qozonning sifatli bug’ ishlab chiraishi, samaradorligi va uzoq muddat xizmat qilishi uchun bug’ qozonlarida ishlatiladigan ta’minot suviga sifatli ishlov berish va uni sifatini doimiy nazorat qilishga bevosita bo’liqdir. Ta’minot suvidagi muayan komponentlarning eruvchanligi oshib ketganda, nakip yoki cho’kmalar xosil bo’lishiga olib keladi. Shunga ko’ra, bug’ qozon ta’minot suvi yaxshi va samarali issiqlik uzatishi uchun cho’kmalar xosil qiluvchi suv tarkibidagi qattiq kimyoviy moddalardan etarli darajada tozalangan va bug’ qozoni elementlarida (metall) korroziya xosil qilmasligi talab etiladi. Shuni takidlash keraki, yaxshi ishlov berilmagan qozon ta’minot suvi bug’ qozonlariga potinsial xavf tug’diradi, shuning uchun ta’minot suvi sifati va kimyoviy tarkibini to’gri nazorat qilish juda muhim xisoblanadi. Bu esa o’z navbati amaliyotda sinovdan o’tgan va bug’ qozon ta’minot suvini tozalash jarayonida kimyoviy moddalardan foydalanishni anglatadi.

Qozon ta’minot suvini tozalashning quyidagi afzalliklari bor:

  • Mexanik ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish: Bug’ qozon ta’minot suvini samarali tozalash, bug’ qozoni jihozlarining ishdan chiqishi va ishlamay qolishiga olib keladigan cho’kma, korroziya va boshqa omillarni oldini olish orqali tehnik xizmat ko’rsatishlarini kamaytirishga yordam beradi.
  • Ishlash samaradorligi oshirish: Bug’ qozonda cho’kma va korroziya va boshqa omilarning oldini olish uchun sifatli tozalangan bug’ qozon ta’minot suvi qozon elementlari zarar yetkazmasligini ta’minlaydi, bu esa yoqilg’I sarfini va energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi.
  • Uzoq ishlash muddatini oshirish: Sifatli tozalangan bug’ qozon ta’minot suvi bian ta’minlash orqali korroziya va boshqa shikastlanish omillarini oldini olish va bug’ qozon va uning elementlarining uzoq muddat ishlashiga yordam beradi va qozonning qimmat elementlarini almashtirishlarga bo’lgan ehtiyojlarni kamaytiradi.
  • Xavfsizligini oshirish: Bug qozon ta’minot suviga to’g’ri ishlov berish atrof-muhitga ta’sir qilishi mumkun bo’lgan uglerod oksidi kabi xavfli gazlarning to’plashiining oldini olishga yordam beradi

Qozon ta'minot suvini tozalash tizimi uchun mahsulot liniyalari


Kislorod yutuvchi mahsulotlar

Gidrazin gidrat yuqori bosimli va past bosimli bug’ qozonlarda kislorodni yutish vositasi sifatida ishlatiladi. Tozalash tizimi bug’ qozon suvida erigan kislorodni kamaytiradi. Suvda erigan kislorod qozon quvurlar devorlarini korroziyaga olib keladigan faktor hisoblanadi.

  • Kislorod korroziyasini nazorat qiladi
  • Passivatsiyani qanoatlantiradi
  • Qozon ishonchligini oshiradi
  • Organik kislorodni tozalash vositasi – ta’minot suviga noorganik qattiq moddalar hosil qilmaydi

Fosfat (qozonni ichki tozalash)

Bug’ qozonlari odatda disodium fosfat yoki trisodyum deb ataladigan kimoviy aralashmasi bilan ishlov beriladi. Shu aralashma yordaminda bug’ qozoni suvining pH ko’rsatkichini yuqori (10.5) saqlab turish uchun vosita bo’lib xizmat qiladi.

  • Metall oksidli cho’kma va ishqoriy korroziyadan ximoya qiladi
  • Natriy va fosfat nisbatini optimallashtiradi
  • Suyuq aralashma hosil qilish oson bo’ladi

Korroziya ingibitorlari

Korroziya ingibitori tozalangan (mineralsizlantirilgan) suvda erigan plyonka hosil qiluvchi ingibitori hisoblanib, u nam vodorod sulfidli muhitda korroziya va vodorod o’tkazuvchanligini kamaytiruvchi bo’lib, ular natijasida qavariq plyonka hosil qilib, quvurning ichki devori bo’ylab qatlam hosil qiladi. Bundan tashqari, ushbu korroziya ingibitorlari ham quvur metalida, ham admiral metallda yuqori pH bilan bog’liq umumiy korroziyani kamaytiradi. Ushbu mahsulot xlorid kislotasi, karbonat kislotasi, ammiak, vodorod sulfidi va gidrosiyan kislotasi kabi ifloslantiruvchi moddalardan korroziya tufayli vodorod faolligini kamaytirish uchun noyob tarzda ishlab chiqilgan.

  • karbonli po’latlarning qavariq yuzasi va vodorod ta’siridan himoya qilib, vodorod foalligini kamaytiradi
  • yuqori pH ko’rsatkichli suvda karbonli po’lat va admiralty metallarda umumiy korroziyaga qarshi samarali vosita
  • HCl, H2S, CO2 va HCN kislotalari ta’siriga mukammal qarshilikka ega
  • Yog’da ham, suvda ham eruvchanlik va tarqalish qobiliyatini saqlaydi
  • Kam emulsifikatsiya potentsialligini saqlaydi

Amin (kondensat korroziya ingibitorlar)

Neytrallashtiruvchi aminlar bug’ kondensatni qaytish liniyasida korroziya bo’lishini oldini olishda va qozon ta’minot suvini tozalashda keng qo’llaniladi. Buning sababi, gidroksidi kondensatda hosil bo’lishi mumkin bo’lgan kislotalarni pH ni oshirish orqali neytrallashtirish qobiliyatiga ega. Ular karbonat angidrid va boshqa kislota hosil qiluvchi birikmalarning ta’sirini kamaytiradi.

  • Kondensat korroziyasini kamaytirish
  • Ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish
  • Qozon tizimining ishonchliligini oshirish
  • Qozon suvidagi temir va mis miqdorini kamaytirish