Tayyor beton (RMC) har bir aniq ish talabiga muvofiq ishlab chiqarish zavodida ishlab chiqariladigan, so‘ngra ish joyiga “foydalanishga tayyor” yetkazib beriladigan betondir.
Ushbu betonlarning afzallik tomoni shundaki, maxsus standardlarga mos va ishlab chiqarishga qulay bo’lgan joyda beton ishlab chiqariladi. Mijozlarning talablariga asosan, kerakli vaqtda hamda kerakli joyga o’z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, sifatni nazorat qilish ham qulay va oson kechadi. Doimiy ravishda sifatni nazorat qilib turish imkoni mavjud.
Tayyor beton uchun kimyoviy qo’shimchalar betonning qotib qolish vaqtini uzaytiradi yoki mijozga kerakli bo’lgan vaqtga moslaydi, suv sarfini kamaytiradi va shu tufayli betonning mustahkamligini sezilarli darajada oshiradi
Yig’ma temir beton – betonni qayta foydalanish mumkin bo’lgan qolipga yoki «shakl» ga quyish yo’li bilan ishlab chiqariladigan qurilishdagi beton mahsuloti. Keyinchalik joyini o’zgartirish mumkin bo’ladi, qurilish maydonchasiga tayyor beton mahsuloti olib boriladi va qurilish maydonining o’zida bino yoki kerakli joyga o’rnatiladi. Misollar, yig’ma to’sinlar va devor yoki turli xil egiluvchan beton mahsulotlari. Bundan tashqari, yig’ma temir beton qurilish maydoniga mos shakllarda tayyorlanadi va qurilish maydonida kerakli o’zgartirishlarni qilish mumkin bo’ladi. Ushbu mahsulotning afzalligi, har xil qiyin xududlarda beton quyish talab etilmaydi, tayyor bo’lgan holatdagi beton keladi va o’rnatilib ketilaveradi
Yuqori mustahkamlikdagi beton 60 dan 100 N / mm2 gacha bo’lgan ma’lum xarakterli, yuqori darjadagi mustahkam quvvatiga ega bo’lgan beton sifatida ta’riflanishi mumkin, ammo undan yuqori quvvatlarga erishilgan va ishlatilgan. 80 dan 100 N/mm2 gacha va undan yuqori quvvat darajasi AQSh, Fransiya, Norvegiya va boshqa ba’zi mamlakatlarda ham yig’ma betonlar uchun qo’llaniladi. Yuqori mustahkamlikdagi betonlar asosan dengiz baland binolar uchun ustunlar, uzun oraliqli ko’priklar, dengiz ustida va yonida qurilgan turli binolar hamda boshqa avtomobil yo’llari inshootlarida foydalaniladi