Mijozlarning joyida laboratoriya xizmati: Biz mijozlarimizga keng qamrovli sinov xizmatlarini taklif etamiz, shu jumladan kimyo va neft-kimyo sanoatida, suvni tozalash jarayonlari uchun barcha turdagi suv tahlillari va ixtisoslashtirilgan tadqiqot yordamini taklif etamiz. Bizning zamonaviy jihozlarimiz aniq va ishonchli natijalarni ta’minlash uchun Evropa standartidagi laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan.
Ilg’or texnologiyalar: Laboratoriyamiz yuqori sifatli va ishonchli natijalarni ta’minlovchi ilg’or texnologiyalar va zamonaviy jihozlarga ega bo’lib, zamonaviy mikroskopiyadan tortib murakkab kimyoviy tahlil vositalarigacha ega. Korxonamiz sizning eng talabchan laboratoriya ehtiyojlarini tahlil qilish uchun jihozlanganmiz.
Mutaxassislar jamoasi, ishonchli natijalar: Bizning malakali texnik mutaxasssislar jamoasi har bir sinovda eng yuqori darajadagi aniqlikni ta’minlaydi. Bizning texnik xodimlar yil davomida mijozlarning ishlab chiqairsh ob’ektida bo’lib, ular tomonidan belgilangan ishlab chiqarish parametrlarini laboratoriya sinovlari orqali kuzatib boradilar. Natijalarga asoslangan holda, biz mijozlarimizga kunlik, haftalik va yillik hisobotlarni taqdim etamiz. Talab etilgan texnik jarayonlarga jiddiy e’tibor qaratishimiz va ilmiy yuksaklikka sodiqligimiz bilan faxrlanamiz.
Kafolatlangan sifat va muvofiqlik: Sifat standartlariga jiddiy rioya qilgan holda, bizning tahliliy usullarimiz xalqaro qoidalarga – ASTM va GOSTga mos keladi. Tahlil natijalari aniqligi va muvofiqligi uchun barcha zarur ko’rsatmalarga amal qilinishini ta’minlaymiz.