Sanoat Suvlarini Tozalash

Sanoat Suvlarini Tozalash uchun mahsulot liniyalari


Qozon ta'minot suvini tozalash tizimi

Sanoat bug’ qozon ta’minot suvini tayyorlash talablari bo’yicha sifatli bug’ ishlab chiqarishda suv bug’ining tozaligi, cho’kma hosil bo’lishi va korroziya xosil bo’lishi va boshqa zararli omillar oldini olish talab etiladi. Bu esa bug’ qozon ta’minot suviga to’g’iri kimyoviy ishlov berishga bog’liq. Bug’ qozonning sifatli bug’ ishlab chiraishi, samaradorligi va uzoq muddat xizmat qilishi uchun bug’ qozonlarida ishlatiladigan ta’minot suviga sifatli ishlov berish va uni sifatini doimiy nazorat qilishga bevosita bo’liqdir. Ta’minot suvidagi muayan komponentlarning eruvchanligi oshib ketganda, nakip yoki cho’kmalar xosil bo’lishiga olib keladi. Shunga ko’ra, bug’ qozon ta’minot suvi yaxshi va samarali issiqlik uzatishi uchun cho’kmalar xosil qiluvchi suv tarkibidagi qattiq kimyoviy moddalardan etarli darajada tozalangan va bug’ qozoni elementlarida (metall) korroziya xosil qilmasligi talab etiladi. Shuni takidlash keraki, yaxshi ishlov berilmagan qozon ta’minot suvi bug’ qozonlariga potinsial xavf tug’diradi, shuning uchun ta’minot suvi sifati va kimyoviy tarkibini to’gri nazorat qilish juda muhim xisoblanadi. Bu esa o’z navbati amaliyotda sinovdan o’tgan va bug’ qozon ta’minot suvini tozalash jarayonida kimyoviy moddalardan foydalanishni anglatadi.

Qozon ta’minot suvini tozalashning quyidagi afzalliklari bor:

  • Mexanik ta’mirlash xarajatlarini kamaytirish: Bug’ qozon ta’minot suvini samarali tozalash, bug’ qozoni jihozlarining ishdan chiqishi va ishlamay qolishiga olib keladigan cho’kma, korroziya va boshqa omillarni oldini olish orqali tehnik xizmat ko’rsatishlarini kamaytirishga yordam beradi.
  • Ishlash samaradorligi oshirish: Bug’ qozonda cho’kma va korroziya va boshqa omilarning oldini olish uchun sifatli tozalangan bug’ qozon ta’minot suvi qozon elementlari zarar yetkazmasligini ta’minlaydi, bu esa yoqilg’I sarfini va energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi.
  • Uzoq ishlash muddatini oshirish: Sifatli tozalangan bug’ qozon ta’minot suvi bian ta’minlash orqali korroziya va boshqa shikastlanish omillarini oldini olish va bug’ qozon va uning elementlarining uzoq muddat ishlashiga yordam beradi va qozonning qimmat elementlarini almashtirishlarga bo’lgan ehtiyojlarni kamaytiradi.
  • Xavfsizligini oshirish: Bug qozon ta’minot suviga to’g’ri ishlov berish atrof-muhitga ta’sir qilishi mumkun bo’lgan uglerod oksidi kabi xavfli gazlarning to’plashiining oldini olishga yordam beradi

Sovutivchi suv tayyorlash tizimi

Sovutish tizimining asosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonlarda yoki uskunadan issiqlikni olib tashlashdir. Bir muhitdan olingan issiqlik boshqa muhitga yoki texnologik sovutish suyuqlikka o’tadi. Ko’pincha sovutish vositasi sifatida suvdan foydalaniladi. Sovutish minoralari ishlatish xarajatlarni pastirishda va sovutish samaradorligini yuqori darajada ushlab turish uchun sovutish vositasi sifatida suvdan keng foydalaniladi. Sovutish suvini tozalamasdan foydalanish samarasiz, chunki sovutish suvi tizimida cho’kma, korroziya, zararli bakteriyalar uchun ko’payish maydoniga aylanishi va sovutish suvi tizmida boshqa zararli omillar poydo bolishga olib keladi. Bu samaradorlikni pasaytiradi, zavodning ishlash muddatini qisqartiradi va tizimni ishonchsiz va xavfli qiladi. Sovutish suv tizmini noto’g’ri nazorat qilish. Bu sovutish jarayonini va sovitish tizmi bilan bog’liq barcha uskunalarni katta muammolar poydo bolishiga olib keladi. Shu bilan birga, ortiqcha energiya sarfi, kimyoviy moddalar va sovutish suvi tizmi uchun katta xarajatlarga olib keladi. Shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun P&WC ko’shma korxonasi sizning sovutish tizimingizni xavfsiz va samarali ishlashini ta’minlash uchun sovutish suvini tozalashning keng qamrovli assortimentini taqdim etadi.

Xom suvni tozalash tizimi

Xom suvni tozalash tizimi – bu sizning maxsus xom suvni tozalash ehtiyojlaringizga javob beradigan bir nechta individual texnologiyalardan tashkil topgan tizimdir.

Xom suvni tozalash tizimining aniq komponentlari kerakli suv sifatiga nisbatan olinadigan tozalangan suv sifatiga bog’liqdir. Suvni xavfsiz istemol qilish uchun xom suvni sifatli kimyoviy bosqichlarda tozalash talab etiladi. Filtrlash usullari yordamida suv manbalaridan cho’kindi, viruslar, bakteriyalar va boshqa zararli moddalar kabi turli ifloslantiruvchi moddalardan tozalanadi. Xom suvni tozalash tizimlarida suv sifatini oshirish va xavfsiz qilish uchun filtrlash usullari, sedimentatsiya, koagulyatsiya-flokulyatsiya texnologiyalari, ultrafiltratsiya va teskari osmos jarayonlari qo’llaniladi. Bizning kompaniyamiz bunday jarayolarda xom suvni tozalash uchun samarali va optimallashtirilgan kimyoviy aralashmalarni taklif qiladi

Teskari Osmoso Tizimlari

Osmos bu – erituvchilarning yarim o’tkazuvchan membrana orqali erigan moddalar kontsentratsiyasi past bo’lgan hududdan yuqori erigan moddalar kontsentratsiyasiga o’tish jarayoni. Aksincha, diffuziya yarim o’tkazuvchan membrananing paydo bo’lishini talab qilmaydi va molekulalar yuqori konsentratsiyali hududdan pastroq kontsentratsiyaga o’tadi. Suvni tozalash tizimlarida qo’llaniladigan teskari osmos filtrlarida tozalash jarayoni mavjud bo’lib, suv molekulalari yarim o’tkazuvchan g’ovakli membranadan o’tkaziladi va bu suv permiat deb nomlanadi. Yarim o’tkazuvchan gavakli memberanlardan o’tmagan boshqa molekulalar konsentrat deb nomlanadi. Bizning kompaniaymiz tamonidan ishlab chiqilgan kimyoviy maxsulotlarimiz teskati osmos filetr membranalarini uzuq muddat xizmat ko’ratishi va suv tozalash samaradorlidini oshirishiga xizmat qiladi

Oqova suvlarni tozalash

Sanoat oqava suvlari tarkibida potentsial kimyoviy oqava suvlar, sanitariya oqova suvlari, texnik oqova suvlar mavjud. Ushbu oqova suv birikmalar guruhi odatda «mikro ifloslantiruvchilar» deb ataladi. Bunday potinsial zararlangan oqova suvlar biologik tozalashga asoslangan va an’anaviy oqava suvlarni tozalash qurilmalari yordamida tozalash jarayonlari amalga oshiriladi. Natijada, ular odatda daryolar, suv havzalariga quyiladi va bu atrof muhitga razarsiz holatgacha tozalanishi talab etiladi. Bundan tashqari, ushbu qabul qiluvchi suv havzalari keng dalalarni sugorish va korxonalari uchun suv manbai bo’lib, ular mikro ifloslantiruvchi moddalarni ham o’tkazadilar. Shu sababli, an’anaviy oqava suvlarni tozalash inshootlaridan chiqindi suvlarni yanada tozalash uchun yangi kimyoviy tozalash jarayonini amalga oshirish zarurati mavjud. Oqava suvlarni tozalashda keng qo’llaniladigan jarayonlarga fazalarni ajratish (masalan, cho’ktirish), biologik va kimyoviy jarayonlar (oksidlanish) yoki parlatish kiradi